2015 yil 25 fevralda “Paxtasanoat ilmiy markazi” kasaba uyushmasining umumiy yig’ilishi bo’lib o’tdi.

0
1008

Ushbu yig’ilishda asosiy quyidagi masalalar ko’rildi:

  1. “Paxtasanoat ilmiy markazi” ma’muriyati bilan kasaba uyushmasi birgalikda 2010-2014 yillar mobaynida bajarilgan ishlar va 2015-2017 yillarga qabul qilinadigan jamoa shartnomasining asosiy vazifalari;

2. “Paxtasanoat ilmiy markazi” kasaba uyushmasi taftish komissiyasining hisoboti;

  1. “Paxtasanoat ilmiy markazi” kasaba uyushma qo’mitasi raisi va uning a’zolarini hamda taftish komissiyasi tarkibini qayta saylash.

Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari federatsiyasining  vakillari ishtirok etishdi.

Yig’ilishda “Paxtasanoat ilmiy markazi” Bosh direktori D.Yuldashov so’zga chiqib, yangi taxrirdagi jamoa shartnoma loyixasi barcha kasaba uyushmaning a’zolariga tarqatilganligi, xodimlardan tushgan takliflarni ko’rib chiqish bo’yicha tuzilgan ishchi komissiya tomonidan jamoa shartnomasi atroflicha o’rganib chiqilganligi haqida aytib o’tdi.  “Paxtasanoat ilmiy markazi” kasaba uyushmasi agrosanoat majmuida birinchilar qatorida bo’lib, hisobot davrida ko’rik va tanlovlarda bir necha bor g’oliblikka erishganligi va olib borgan ishlari haqida ijobiy fikrlar bildirildi.

“Paxtasanoat ilmiy markazi” kasaba uyushma qo’mitasining raisi N.Kamalov o’z hisobotida asosiy moliyaviy sarf-xarajatlar xodimlarning mexnat sharoitlarini yaxshilashga, salomatliklarini tiklashga, ijtimoiy himoya qilishga, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga, vatanimizning tarixiy obidalariga boy ziyoratgohlarga borish kabi ishlarga yo’naltirilganligi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Hisobot ma’ruzasini muxokamasida kasaba uyushmaning faol a’zolari A.Axmedov, V.Rakipov, M.Nurmatova, S.Shukurov, S.Usmanovlar so’zga  chiqib, kasaba uyushmasining faoliyatini ijobiy baholab, o’zlarining minnatdorchiliklarini izhor etishdi.  Tashkilotning kasaba uyushmasiga yangi saylanadigan a’zolariga yosh olimlarni yanada ko’llash va ularni  malakalarini oshirish bo’yicha tegishli seminarlarni olib borish hamda xodimlarni ishdan bo’sh vaqtlarida sog’lomlashtirish tadbirlarini muntazam ravishda o’tkazib borish bo’yicha o’z takliflarini berishdi.

Yig’ilishda kasaba uyushmaning a’zolari bir ovozdan kasaba uyushmaning faoliyatini qoniqarli deb topishdi. Kasaba uyushmaning yangi 8 ta a’zodan iborat tarkibi saylandi. Kasaba uyushmaning a’zolari bir ovozdan S.Shodievani “Paxtasanoat ilmiy markazi” kasaba uyushmaning raisligiga saylashdi. Yig’ilishda taftish komissiyasining taklif etilgan yangi tarkibdagi a’zolari ham saylandi.

Jamoa shartnomasi yangi taxriri haqida kasaba uyushmaning a’zolari so’zga chiqishdi.  Jamoa shartnomasinining yangi taxriri bo’yicha tuzilgan ishchi komissiyaga yig’ilishda berilgan takliflar ham kiritilishi bo’yicha aytib o’tildi. Umumiy yangi taxrirdagi Jamoa shartnomasi barcha kasaba uyushmaning a’zolari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

0

Publication author

offline 5 days

admin

0
Comments: 0Publics: 913Registration: 14-08-2014