“Paxtasanoat ilmiy markazi” aktsiyadorlik jamiyatida ma’naviyat  va ma’rifat mavzusida seminar-yig’ilishi bo’lib o’tdi

0
879

2015-01-20

IMG_87592015 yil 19 yanvar kuni “Paxtasanoat ilmiy markazi” XJda ma’naviyat va ma’rifat mavzusi bo’yicha seminar-yig’ilishi bo’lib o’tdi. Seminar-yig’ilishni “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ Bosh direktori  D.A.Yuldashov kirish so’zi bilan ochib berdi.

Seminar-yig’ilishda 2014 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2015 yilda jamoa oldida turgan vazifa     lar, istiqbolli rejalar haqida so’z yuritildi. Ilmiy salohiyatimizni oshirishda xamda paxta tozalash korxonalarida bosqichma-bosqich yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish bo’yicha qilinayotgan ishlar, markazda yosh mutaxassislarni tayyorlash, paxta tozalash sanoati sohasidagi xodimlarning malakasini oshirish haqida batafsil gapirib o’tildi.

Joriy yilda jamiyat tomonidan bajarilishi belgilangan Dasturda 2015 yilning “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinganligiga  alohida e’tibor qaratildi va tegishli tadbirlar o’tkazilishi rejalashtirildi.IMG_8760

Ma’ruzada  Respublikamizda  olib borilayotgan islohotlar, Oliy Majlis va hududiy Kengashlarda bo’lib o’tgan  saylovlarning muvaffaqiyatli yakuni hamda Prezidentimizning Mustaqillik davrida xalqimizning yashash farovonligi oshganligi, tinchligimiz  saqlanayotganligi, amalga oshgan islohotlar natijasida sanoatning yangi istiqbolli sohalari rivojlanganligi to’g’risidagi ma’ruzalarini ta’kidlab o’tib, barcha jamoa a’zolarini joriy yilning 29 mart kuni bo’lib o’tadigan Prezident saylovida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Seminar-yig’ilishda Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashining raisi S.N.Axmedov so’zga chiqib, shahar Kengashining ishlari haqida ma’lumot berdi. Ilmiy markazning  kasaba uyushma ko’mitasi tomonidan 2014 yil mobaynida bajarilgan ishlarni ijobiy baholadi. Ilmiy markazning Kasaba uyushma ko’mitasi fahriy yorliqlar va mukofotlar bilan taqdirlanganligi haqida aytib o’tdi.IMG_8764

“Paxtasanoat ilmiy markazi” XJ jamoasi nomidan kasaba uyushma qo’mitasi raisi N.Kamalov “Paxta xom-ashyosini tozalash” laboratoriyasi boshlig’i keksa ustozimiz  P.N.Borodinni tavallud kunlari  bilan tabrikladi.

Seminarning yakunida ilmiy-texnika  va patent axboroti bo’limi boshlig’i S.U.Usmanov so’zga chiqib, 2015 yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinganligi va davlatimiz tomonidan keksalarga katta e’tibor berilaayotganligi haqida aytib o’tdi.

 

0

Publication author

offline 14 hours

admin

0
Comments: 0Publics: 878Registration: 14-08-2014