“YUTUQLAR O’ZIMIZNIKI AMMO BAJARILADIGAN ISHLAR ANCHAGINA” SHIORI BILAN TOSHKENT SHAHAR KASABA UYUSHMA TASHKILOTLARI BIRLASHMASI KENGASHINING VII KONFERENSIYASI BO’LIB O’TDI.

0
1202

 

 

Unda kengash raisi Sayfulla Axmedov birlashma kengashining hisobot davridagi faoliyati hamda poytaxtdagi kasaba uyushma tashkilotlarining kelgusidagi vazifalari to’g’risida ma’ruza qildi.

— Kasaba uyushmalari har bir fuqaroning mehnat, ijtimoiy himoyalanish, dam olish huquqparini ta’minlashga ko’maklashib kelmokda, — dedi o’z so’zida S.Ahmedov. — Ayniqsa, Vazirlar Maxkamasi, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Savdosanoat palatasi o’rtasida Bosh kelishuvning imzolanishi kasaba uyushma tashkilotlariga yangi istiqbollarni belgilab berdi.

Xozirgi kunda ish beruvchilar bilan ijtimoiy sheriklik yaxshi yo’lga ko’iilmoqda. Korxona, tashkilot hamda muassasalarda mehnat bilan bog’liq ijtimoiyiktisodiy munosabatlarni tartibga solishda jamoa shartnoma va kelishuvlari tobora muxim axzmiyat kasb etib boryapti.

Korxona va tashkilotlarda qabul qilingan jamoa shartnomalari orqali har bir xodimga 2010 yilda o’rta hisobda 594,8 ming so’m sarflangan bo’lsa, 2015 yilda bu ko’rsatkich 1,9 mln. so’mga yetdi. SHuning o’ziyoq jamoa shartnomasining mehnatkashlarni ijtimoiyiqtisodiy jihatdan himoyalashda tutgan o’rni nihoyatda beqiyosligini ko’rsatib turibdi.

Hisobot davrida davlat dasturlari doirasida barcha jamoa shartnomalariga qo’shimcha imtiyoz va kafolatlar kiritilib, ularni amalda qo’llash uchun 9,9 mlrd. so’m sarflandi.

Yangi ish o’rinlari tashkil etish, aholini ish bilan ta’minlash, sog’lom hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish — kasaba uyushma tashkilotlarining asosiy faoliyat yo’nalishlaridan. Shu maqsadda Toshkent shahar hokimligi va uning boshqarmalari tomonidan “Aholini ish bilan ta’min­lash to’g’risida”gi qonunga muvofiq mehnat bozori, bandlik masalalari va hududiy ish o’rinlarini yaratish yuzasidan ko’shma choratadbirlar tasdikdandi.

Tahlillar shuni ko’rsatmokdaki, poytaxtimizda ish o’rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturiga binoan hisobot davrida jami 418 ming 884 ta yangi ish o’rni ochildi. Ish o’rinlarining haqqoniyligi, ulardagi mehnat sharoitlarining xavfsiz va sog’lomligi yuzasidan tizimli ravishda jamoatchilik nazorati olib borildi.

Mehnatkashlar uchun qulay ish sharoitlari yaratish hamda mehnatni muhofazalash borasida ham ko’pgina ishlar bajarildi. O’tgan davr mobaynida mehnat muhofazasiga oid qonun, qoida va me’yorlarning buzilishi bo’yicha 8 ming 227 ta holat anikdandi. Ularning aksariyat qismini bartaraf etishga erishildi.

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rayosati qaroriga asosan “Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish bo’yicha eng yaxshi korxona, kasaba uyushma qo’mitasi, mehnat muhofazasi bo’yicha saylangan vakillar” ko’riktanlovining shahar bosqichi muntazam ra­vishda o’tkazilib, g’oliblar munosib taqdirlandi.

Mehnatkashlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy mafkurani kishilar ongiga singdirish, sog’lom turmush tarzini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mehnat jamoalari va o’quv maskanlarida “Ma’naviyat soatlari” muntazam o’tkazilayapti. Yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish, diniy ekstremizm, missionerlik hamda diniy aqidaparastlikning turli ko’rinishlaridan himoyalash maqsadida adabiyot va san’at namoyandalari, tanikdi olimlar ishtirokida davra suhbatlari  uyushtirildi.

“Istiklol g’unchalari” ko’rik tanlovi, mehnatkashlar o’rtasida “O’zbekiston, seni kuylayman” san’at festivali, “San’atim senga, Vatanim!” ko’rik tanlovi yuqori saviyada o’tkazildi. Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda ishchixodimlar o’rtasida “Salomalik” spartakiadasi tashkil etildi.

Bu kabi yutuqlarni uzoq sanash mumkin. SHu bilan birga, hali oldinda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar ko’pligini ta’kidlash lozim. Ularning to’laqonli bajarilishi esa har bir boshlang’ich tashkilslning tashabbuskorlik bilan faoliyat ko’rsatib ishlashiga bog’liq.

Ma’ruza muhokamasi yuzasidan (chiqqanlar O’zbekiston Milliy telerakompaniyasining siyosiy sharhlovchisi Qobilbek Karimbekov, “Paxtasanoat ilmiy markazi” ochiq aksionerlik jamiyati  bo’lim rahbari Najmiddin Kamolov, “UyjoyLITI” aksionerlik jamiyati mehnatni muhofaza qilish texnika xavfsizligi bo’limi yetakchi mutaxassisi Farida Azimova, Ta’lim fan va madaniyat xodimlari ka uyushmasi SHayxontohur tuman kengashi raisi Dilnora O’lmasova va boshkalar o’z fikr mulohazalari bilan o’rtoqlashishdi.

Toshkent shahar kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi paisiga Sayfulla Ahmedov saylandi.

O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining navbatdagi Qurultoyiga delegatlar saylandi.

Konferensiyada O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi o’rinbosari To’lqin Teshaboev chiqdi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

“Ishonch”  gazetasi 2015 yil 30 iyul  kuni

0

Publication author

offline 3 days

admin

0
Comments: 0Publics: 959Registration: 14-08-2014