3. PAXTANI QURITISH
3.1. Quritish jarayoni
Paxtatayyorlashmaskanlarida paxtani dastlabki qayta ishlashdagi asosiy tadbirlardan biri – bu nam paxtaniquritish. Paxta tayyorlash maskanlarida nam paxtani uzoq vaqt saqlashga tayyorlash uni quritish jarayonidan boshlanadi.
Umumiy texnologik jarayonda quritish tadbirlari paxtani tozalash, tolasi va momig’ini ajratishga tayyorlash vazifasini bajaradi.
Paxta tozalash korxonalarida paxtani quritish tabiiy gaz yoki traktor kerosinini yoqish mahsulotlari va atmosfera havosi (3.1.-jadval) aralashmasidan tashkil topgan quritish agenti bilan ishlatiladigan 2SB-10 va SBO rusumli quritgichlarda amalga oshiriladi. Quritish agenti issiqlikni paxtaga olib kelish va bug’langan namlikni quritish kamerasidan olib chiqib ketish vazifasini o’taydi.
Quritish agentining termodinamik holatini aniqlovchi asosiy ko’rsatkichlar uning nisbiy hajmi, zichligi, harorati va bosimi hisoblanadi.
3.1-jadval
Quritish agentining taxminiy kimyoviy tarkibi
Tarkibiy moddaning nomi |
Quritish agentidagi miqdori, % |
|
Gaz yoqilganida |
Traktor kerosini yoqilganida | |
Kislorod (O2) | 19,6 | 19,0 |
Azot (N2) | 79,6 | 79,8 |
SO2 gazi | 0,8 | 1,2 |
O’rtacha zichlik havo vaznining hajmiga nisbati bilan ifodalanadi, kg/m3.
go’r = m/V
Nisbiy hajm zichlikning teskari qiymati:
VN = 1/go’r
Nam havoning nisbiy hajmi quyidagi formula bilan aniqlanadi (m3/ kg quruq havo):
Rh∙T
VN = ————–,
V-Rt
bu yerda: T – mutloq harorat, °K; V-barometrik bosim, Pa; Rt –to’yingan bug’ bosimi, Pa; Rh – havo uchun gaz doimiyligi, bunda u 286,85 J/kg∙gradga teng.
Nam havoning zichligi (kg/m3) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
V j . Pt
g = ——— – 0,0129 ———–,
Rh ∙T 100∙T
bu yerda j – havoning nisbiy namligi, %
Havoning namlik sig’imi – nam havodagi suv bug’ining 1 kg quruq havoga nisbati (kg/kg quruq havoga) bilan o’lchanadi.
Nam havoning undagi 1 kg quruq havoga to’g’ri keladigan issiqlik sig’imi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi, (kJ/kg °S):
Sa = Sh +Ct×d,
bu yerda: Sh = 1,008 kJ/kg∙0S, – quruq havoning issiqlik sig’imi: St=1,974 kJ/kg∙0S – to’yingan havo bug’ining issiqlik sig’imi; d – namlik sig’imi, kg/kg quruq havo.
Muxandislik hisoblari uchun nam gaz entalьpiyasi (issiqlik sig’imi) ushbu empirik formula bo’yicha aniqlanadi (kJ/kg):
J = t + (2490+1,97∙tt) d,
bu yerda: t– atrof muxit harorati, °S; tt– to’yinish harorati, °S.
3.2. Paxtaning quritish ob’ekti sifatida tavsifi
Paxta tarkibida tola qatlami, chigit va iflos aralashmalari bo’lgan ko’p komponentli materialdir.
CHigit mag’izi o’z tabiati bilan kolloid,strukturasi bo’yicha – kapillyar-g’ovaklimateriallarga kiradi. Rebinder klassifikatsiyasi bo’yicha namlikning material bilan bog’lanishshakligabinoan chigitmag’izi osmotikbog’langan va kapillyar namlikni o’z ichiga oladi.
CHigit qobig’ining strukturasi daraxtsimon o’simliklartuzilishigao’xshaydi. Pishib yetilgan chigitning qobig’i bir necha (25´10-5 – 35´10-5 m, ba’zi hollarda esa 53´10-5m qalinlikka ega bo’lgan) qavatlardan iboratdir.
CHigit qobig’i quritish ob’ekti sifatida kapillyar-g’ovaklikolloid materiallarga kiradi va unda namlik, asosan, kapillyar kuchlar bilan bog’langan. Ammo qobiqda adsorbtsion bog’langan va osmotik ushlanib turgan namlik ham bor.
Tola o’zining tuzilishi bo’yicha kapillyar–g’ovakli, asosan, kapillyar-adsorbtsion namlikga ega bo’lgan materialga kiradi.
Paxta quritish jarayonida bo’lganda tolaning quritish agenti bilan fazoviy uchrashuv yuzasi chigitnikidan 180-200 marta ko’p.
Paxta quritish ob’ekti sifatidanamligi, gigroskopik va issiqlik-fizik xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Paxtaning namligi namlik miqdori bo’yicha aniqlanadi (kg/kg):
G n
W = —— ,
G mq
bu yerda: G n – paxtadaginamlik miqdori, kg;
G mq – paxtaning mutloq quruq qismi vazni, kg
Gn
(Paxtaning namligi W = —— . 100 %)
G mq
Paxtaning gigroskopik xususiyatlari namlikni olish va berish qobiliyati bilan tavsiflanadi.
Paxta komponentlarining gigroskopik xususiyatlari turlicha va bu paxtaning muvozanatli namligida ularning turli namlikka ega bo’lishini ifodalaydi.
Quritish jarayonida tola va chigitni proportsional suvsizlantirish umumiy holda paxtaning muvozanatli namligi bilan tavsiflanadi.
Quritish jarayonini quritish agentining nisbiy namligi j 0,1 dan 0,9 oralig’ida bo’lganda amaliy hisoblar uchun paxta muvozanatli namligini qoniqarli sifatda ushbu empirik tenglama bilan hisoblash mumkin:
lg Wm = 0,9 + lg (2,0+0,0037 T),
bu yerda: W m – muvozanatli namlik, %; T – paxtani mutloq shkala bo’yicha isitish harorati, ˚K.
3.2.1. Paxta issiqlik texnikasi xususiyatlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Paxtaning issiqlik texnikasi xususiyatlari bir qator ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi, jumladan:
– paxtaning asosan namligi va haroratiga bog’liq bo’lgan issiqlik sig’imi ushbu formula bilan aniqlanadi, kJ/kg∙°S:
W
S = S mq + —— S n ,
100
bu yerda: S mq – mutloq quruq paxtaning issiqlik sig’imi bo’lib, u 1,6-1,7 kJ/kg∙°S ga teng; W- paxta xom ashyosining namligi, %; Sn– namlikning issiqlik sig’imi bo’lib, u 4,19 kJ/kg∙0S ga teng;
– issiqlik o’tkazish koeffitsienti l bilan tavsiflanuvchi issiqlik o’tkazuvchanligi bilan, paxtaning namligi, harorati va hajmiy vazniga bog’liqdir. Tavsiflanuvchi paxtaning issiqlik o’tkazuvchanligi nolga teng bo’lgan namlikda va l= 0,33 W/m ˚S ga teng me’yoriy zichlikda;
– harorat o’tkazuvchanlik koeffitsienti aorqali ifodalanuvchi va namlikga bog’liq bo’lgan paxtaning harorat o’tkazuvchanligi bilan. Amaliy hisoblashlar uchun ushbu empirik formuladan foydalanish mumkin, m2/h:
a =(4,1+ 0,29∙W2) ´ 10-4
Harorat va issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsientlari ava llar o’zaro quyidagi munosabatda bo’ladilar:
l
a= ——- ,
C · g
bu yerda:S – issiqlik sig’imi; g – zichlik.
Paxtaning namlik o’tkazuvchanligi koeffitsienti l1 bilan tavsiflanadi. Paxta uchun namlik 5– 20 % oralig’ida bo’lganda:
l1=0,75´ 10-4m2/h
3.2-jadvalda paxta komponentlarining uning namligi 8,5% bo’lgandagi issiqlik-texnik tavsiflari keltirilgan.
3.2-jadval
Paxta komponentlarining issiqlik-texnik tavsiflari
Issiqlik-texnik tavsifi |
Tola | Qobiq | Mag’iz |
Muvozanatli namlik Wm, %Zichlik g, 103 kg/m3
Issiqlik sig’imi S, kJ/kg∙˚S Harorat o’tkazuvchanlik koef- fitsienti, 10-3 m2/h Issiqlik o’tkazuvchanlik koef- fitsienti l, W/m∙˚S Namlik o’tkazuvchanlik koef- fitsienti l1, 10-4 m2/h |
7,11,50
1,8
0,08
0,06
0,90 |
11,60,38
1,67
0,47
0,24
1,30 |
6,71,62
1,55
0,50
0,35
0,08 |
3.3. Quritish jarayonini hisoblash
3.3.1. Quritish jarayonida paxtaning material balansi
Quritish qurilmalarining namlik bo’yicha unumdorligini hisoblash moddalar miqdori saqlanish qonuniga asoslangan. Bug’langan namlik miqdori quritilgan paxta hajmi bilan quritish balansi tenglamasi orqali bog’langan.
Quritgichga uzluksiz ravishda berilayotgan paxtaning boshlang’ich vazni Go bug’langan namlik vazni W va quritilgan paxta vazni G1 ga bo’linadi. O’rnatilgan ish tartibi jarayonida material balansi tenglamasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Go= G1+ W
Quritgichga berilayotgan material vaznini mutloq quruq material vazni
GMQ bilan va undagi bo’lgan namlik vaznini
W1
………………….—- GMQ
………………… 100
bilan ifodalab, quyidagini yozish mumkin:
W1
Go = CMQ (1 + ——)
100
Bunda quritilgan paxta vazni quyidagicha aniqlanadi:
W2
G1 = CMQ (1 + ——–),
100
bu yerda: W1 – quritgichga tushayotgan paxta namligi, %;
W2 – quritgichdan chiqayotgan paxta namligi, %.
SHunday qilib, bug’langan namlik miqdorini quyidagi ifodadan topish mumkin:
W1 – W2 W1 – W2
W = Go————— = G1 ————-
100 + W1 100 + W2
3.3.2. Quritgichning issiqlik balansi
Quritgichda umumiy sarflangan issiqlik miqdoriquyidagicha ifodalanadi:
åQ = Q1 + Q2 + Q3 + Q4 + Q5,
bu yerda: Q1 – namlikni bug’latishga ketgan issiqlik miqdori,J/h.
Q1=Wn ∙(ibII – Cc q1),
bu yerda: Wn – bug’latilgan namlik miqdori, kg/h;
ibII – chiqib ketayotgan gazlar ko’rsatkichlari t2 va j2 bo’lganda bug’ning issiqlik miqdori; ibII= 2491´103 + 1968 t2 J/kg;
Ss– materialdagi bo’lgan suvning issiqlik hajmi, Ss = 4187 J/kg°S;
q1 – materialning boshlang’ich harorati, °S;
Q2 – chiqarilayotgan quritish agenti bilan ketadigan issiqlik, J/h:
Q2=Lk (994,83+1,97 d2 ) (t2 – t0),
bu yerda: Lk – chiqib ketuvchi havo sarfi, kg/h; (994,83 + 1,97 d2) – tashqi havo bilan keltirilgan issiqlik sig’imi, J/kg°S; t2-chiqib ketuvchi gaz harorati, °S; to – atrof muhit havosining harorati, °S.
Q3 – chiqarilayotgan paxta bilan yo’qotiladigan issiqlik, J/h:
Q3 =G1 x C2 (q2 – q1),
bu yerda: S2 – quritib chiqarilayotgan paxtaning issiqlik sig’imi, J/kg°S; q1 va q2 – quritgichga beriladigan va quritgandan keyin paxtaning harorati,°S; G2 – quritilgan paxtaning vazni, kg.
Q4– quritgich tomonidan atrof muhitga yo’qotiladigan issiqlik:
Q4 = K´ F (to’r – to),
bu yerda: K – quritgich devori orqali issiqlik yo’qotish uzatish koeffitsienti J/m2∙h∙°S; F – quritgichning tashqi sirti, m2; to’r – quritgichdagi o’rtacha harorat, ˚S; to – atrof muhit harorati, °S.
Q5 – hisobga olinmagan boshqa issiqlik yo’qotishlar.
1 kg bug’latilgan namlik uchun umumiy nisbiy issiqlik yo’qotish quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
Q1 Q2 Q3 Q4 Q5
S·q = q1 + q 2+ q3 + q4 + q5 = —— + —– + —— + —— + —– .
Wn W n Wn Wn Wn
Materialni quritish uchun sarflanadigan foydali issiqlik miqdori – bu q1 . SHunday qilib, quritish qurilmasining foydali ish koeffitsenti hpaxtadan 1 kg namlikni bug’lantirish uchun ketadigan issiqlik miqdorining sarflanadigan umumiy issiqlik miqdoriga foizlardagi nisbati bo’lib, quyidagi formula bilan aniqlanadi:
q1
h = ——– 100.
Sq
3.1-rasmda 2SB-10 quritgichda issiqlik sarfi taqsimlanishi (misol) keltirilgan. Diagrammadan ko’ringanidek foydali sarflangan issiqlik hammasi bo’lib 40 % ni tashkil etadi (namlikni bug’lantirishga 35 %).
3.4. Quritish uskunalari
3.4.1. 2SB-10, SBO va SBT barabanli quritgichlar
Paxta tayyorlash punktlarida paxtani quritish va paxta tozalash korxonalarida qayta ishlash texnologik oqimida uni qisman quritish uchun barabanli quritgichlarni qo’llaydilar. Hozirgi vaqtda foydalanishda barabanli to’g’ri oqimli 2SBO-10, SBO va SBT quritgichlar bor (quritish agenti paxta xom ashyosi bilan bir yo’nalishda beriladigan (3.2, 3.3 va 3.4-rasmlar).
Har qaysi quritgichning qurilmasi kerakli gidrodinamika, issiqlik va namlik almashish sharoitlarini yaxshilashni ta’minlashi kerak.
SHu maqsadda 2SB-10 (3.2-rasm) quritgichida baraban uzunligining har metridan so’ng balandligi 0,25 m bo’lgan ko’ndalang halqalar old devoridan 3 m masofadan so’ng uzunligi 6 m bo’lgan panjara joylashgan. U uch qator baraban o’qiga parallel bo’lib quritgich barabani obechaykasiga krestovinalar yordamida qotirilgan sterjenlardan tashkil topgan.
Panjara paxtaning baraban ichida bo’lish muddatini – quritish vaqtini uzaytiradi. Yuklash qurilmasi baraban ichiga oldingi tsapfa orqali kiritiladi.
SBO quritish barabani (3.3-rasm) uzunligi 3 m bo’lgan kamera bilan yopilgan, qalinligi 2 mm bo’lgan po’latdan yasalib, paxta barabandan chiqadigan joydan 1 m masofa ichkarida joylashgan tozalash bo’limiga ega. Ajratilgan mayda iflosliklarni olib ketish uchun baraban tozalash bo’limi tagida ifloslik konveyeri o’rnatilgan. Tozalash bo’limining ustki qismida barabanni tozalash uchun quritish agenti yuboriladigan soploli quvur o’rnatilgan. Quritish kamerasi, baraban tozalash bo’limi to’rli sirtini tozalash uchun metall cho’tka bilan ta’minlangan. Quritgich ichida balandligi 0,5 m dan bo’lgan 12 ta radius bo’yicha yo’naltirilgan kurakchalar bor.
SBT quritgich barabani (3.4-rasm) uzunligi 1 m bo’lgan boshlanish qismida 12 ta radius bo’yicha joylashgan kuraklardan iborat ko’tarish kurakchalari tizimiga ega, barabanning keyingi 5 m obechayka va bo’lim devorlarida kurakchalari bo’lgan, bir-biridan ajratilgan 3 ta sektsiyaga bo’lingan.
Keyinida SBO quritgichidagidek kamera bilan berkitilgan barabanning tozalash sektsiyasi joylashgan.
Quritkichlarning texnik tavsifi
Ko’rsatkichlar |
Ko’rsatkichmiqdori |
||
2SB-10 |
SBO |
SBT |
|
Paxta bo’yicha ish unumdorligi,kg/hQuritish agenti harorati, °STozalash bo’limiga beriladigan quritishagenti harorati, °SBug’lantirilgannamlik bo’yicha unumdorligi, kg/hMayda ifloslik bo’yicha tozalash samaradorligi, %1 kg bug’lantirilgannamlikga issiqlik sarfi, kJ/kgQuritish agenti sarfi,m3/hAylanish tezligi, rad/s (r/min):BarabannikiВВД-8 ventilyatori valiVintli konveyerElektrodvigatellar quvvati, kWSHu jumladan:Barabanni aylantirishgaVintli konveyergaVVD-8 ventilyatorigaO’lchamlari, mm:baraban uzunligidiametriquritgich uzunligikengligibalandligiVazni, kg (ko’p emas) |
1000090-280–700 gacha–88201800-200001,05 (10)17,013,04,0–100003200154004745714010307 |
10000250 gacha60-80700 gacha40 gacha850018000-200001,15±0,1(11±1)167,33 ±1,23(1600±15)12,0±0,5(115±5)25,513,01,511,0100003200149103870797011550 |
1000080-25060-80700 gacha40 gacha1100024000-260001,15±0,1(11±1)167,33±1,23(1600±15)12,0±0,5(115±5)25,513,01,511,0100003200143003870797011550 |
2SB-10 quritgich kinematik sxemasiga kerakli
detal, uzel va buyumlar ro’yxati
3.5rasmdagi holati | Nomi | Belgilanishi | Mashinaga
miqdori |
Podshipnik
Quritish barabani Podshipnik Elektrodvigatel 13 kW 730 r/min Ponasimon qayish Podshipnik Podshipnik Podshipnik
|
312, GOST 8338-57
2SB-10 3528 GOST 5721-57 AO2-71-8 V-3150 7611, GOST 333-59 7610, GOST 333-59 7132, GOST 333-59 |
8
1 2 1 4 4 4 4 |
jadval
SBO va SBT quritgichlar kinematik sxemalariga kerakli detal, uzel va buyumlar ro’yxati
3.6rasmdagi holati | Nomi | Belgilanishi | Mashinaga miqdori |
11. | Podshipnik
Quritish barabani Podshipnik Reduktor SHkiv D =0,635 mm Ponasimon qayish SHkiv D = 0,250 mm Elektrodvigatel 13 kW 730 r/min Vintli konveyer Elektrodvigatel 1,5 kW 1400 r/min Motor-reduktor |
312 GOST 8338-57
SBO (SBT) 3528 GOST 5721-57 TS2U-400-31, 5-21 – V-3150 – AO2-71-8
4A80V4 MTS2S-63-112 |
8
1 2 1 1 4 1 1 1
1 1
|
3.5. Paxta quritish qurilmalarini issiqlik bilan ta’minlash
Paxta quritgichlarini issiqlik bilan ta’minlash maxsus qurilma – issiqlik ishlab chiqargichlar bilan amalga oshiriladi. Ularda yonilg’ini yoqish, olinadigan yuqori haroratli yonish mahsulotlarini atmosfera havosi bilan aralashtirish (kerakli haroratgacha va vazniy sarfgacha haroratini pasaytirish) va bu gaz havo aralashmasi – quritish agentini quritish kamerasiga berish ishlari bajariladi.
Har qaysi paxta quritgichi odatdagidek issiqlik bilan ta’minlash qurilmasi bilan bog’lanadi. Qurilma quritgich ishlab chiqarish quvvatiga to’g’ri kelib, yonilg’ining to’liq (kimyoviy va mexanik to’liq yonmasligisiz) yonishini ta’minlashi va paxtaning dastlabki qayta ishlanishini, sanitariya-gigiena va texnologiya talablariga javob beradigan quritish agenti tayyorlab berishini ta’minlashi kerak. Bunda faqat issiqlik ishlab chiqargichlar loyihalanayotganda hisobga olingan va fizik-kimyoviy tarkibi bo’yicha amaldagi standartlar talablariga javob beradigan yonilg’ilardan (texnik kerosin va tabiiy gaz) foydalanishga ruxsat etiladi.
Issiqlik ishlab chiqargichlarni joylash va o’rnatish ishlari loyihaga qat’iy amal qilgan holda va ularni yig’ishda, bog’lashda, quritishda, saqlashda va paxtani qayta ishlashda yong’in xavfsizligi talablari hamda gaz xo’jaligidagi xavfsizlik qoidalari bajarilishi kerak.
So’nggi yillarda paxta quritish qurilmalarida eskirgan agregatlar samaradorroq, suyuq va gazsimon yonilg’idan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lgan TJ-1,5 va IICH-1,9 issiqlik ishlab chiqargichlarga almashtirildi. Mazkur issiqlik ishlab chiqargichlar quritish agentining harorat ko’rsatkichlarini 70-300 °S va uning hajmiy sarfini 18000-24000 m3/h keng diapazonda sozlash imkoniga egaki, shular tufayli har qaysi quritish qurilmasini issiqlik bilan ta’minlash mumkin.
3.5.1. TJ-1,5 va IICH-1,9 issiqlik ishlab chiqargichlar
Yonilg’ini tsiklon usulida yoqish, yondirishni tugallash qurilmali issiqlik ishlab chiqargichlari yoqish mahsulotini amalda kimyoviy va mexanik yonib tugallangan holatda olish imkonini beradi.
Issiqlik ishlab chiqargichlarning sxemalari 3.7va 3.8rasmlarda keltirilgan.
- 7-rasm. TJ-1,5 rusumli issiqlik ishlab chiqargichning sxemasi
1- filtr; 2- nasos; 3- qobiq; 4- eshikcha; 5- qopqoq; 6- o’tga chidamli g’isht;
7- yondirish kamerasi; 8- quvur; 9- teshiklar; 10- yonishni tugallash vositasi;
11- aralashtirish kamerasi; 12- ventilyator; 13- tutun so’rgich; 14- havo qopqog’i.
3.8-rasm. IICH-1,9 rusumli issiqlik ishlab chiqargich sxemasi
1 – yondirish kamerasi; 2 – yonish jarayonini tugallash kamerasi;
3 – aralashtirish kamerasi; 4 – quvur; 5 – ventilyator.
Suyuq yonilg’i (texnik kerosin) 29,4´104 – 78,5´104 Pa (3-8 kg/sm2) bosim ostida purkagichlarga beriladi va changlatilgan holda yonish kamerasining ustki qismiga boradi, u yerda yuqori harorat ta’sirida bug’lanadi va qisman gaz holatiga kiradi. Bir vaqtning o’zida kameraning bu zonasiga yuqorigi quvur orqali tangentsial yo’nalishda birlamchi havo kiritiladi, u tezlik bilan yonilg’i massasi bilan aralashib, yonuvchi aralashma hosil qiladi. Bunda hosil bo’lgan alanga yoqish traktidagi tutun so’rg’ich bilan hosil qilinadigan Havo siyraklanishi hisobiga yonish kamerasi bo’yicha pastga tarqaladi, tangentsial yo’nalishda kiritilgan ikkilamchi havo oqimi bilan uchrashadi va tezlik bilan gazlashib bo’lgan yonilg’i bilan aralashadi. Yonilg’ining yonib bo’lmagan bo’lakchalari yonishni tugallash qurilmalarida ortiqcha kislorod ta’siri ostida yonib tugaydi. Yonish mahsulotlari aralashuv kamerasiga o’tadi, u yerda atmosferadan kelayotgan havo oqimi bilan aralashadi va natijada quritish agenti hosil bo’lib, quritgichga uzatiladi. Har qanday ish sharoitida issiqlik ishlab chiqargichning foydali ish koeffitsienti 95-98 % atrofida o’zgaradi.
Issiqlik ishlab chiqargichlarning me’yoriy, havfsiz ishlatilishini ta’minlash uchun u nazorat asboblar yig’ini va xavfsizlik avtomatikasi vositalari bilan jihozlanadi.
Xavfsizlik avtomatikasi vositasi qurilmasi yondirish kamerasida alanga o’chib qolganda va tutun so’rg’ich oldida siyraklanish 290 Pa (30 mm H2O) dan pasayganda yonilg’i berish to’xtatilishini ta’minlaydi.
3.5.2. TG-1,5 issiqlik ishlab chiqargich
TG-1,5 issiqlik ishlab chiqargich faqat gazsimon yonilg’ida ishlaydi va yuqori samarali hisoblanadi, hamda qurilmasining soddaligi va oz metall sarflanib yasalishi bilan farqlanadi.
TG-1,5 issiqlik ishlab chiqargich gaz yoqish qurilmasi, kamera va tutun so’rgichdan tashkil topgan (3.9-rasm).
Gaz yoqish qurilmasi dastlabki aralashtirish uchun ko’p soploli injektsion aralashtirgichlar bilan ta’minlangan ikki tunnelsimon yondirgichlardan va diametri 0,450 m, uzunligi 1,020 m bo’lgan tunneldan iborat bo’lib, obechaykaning old qopqog’iga aralashtirgich uchlari o’rnatiladi. Yondirish kamerasi-tunnellar SHLA va SHLB arkali maxsus profilli shamot g’ishtlari bilan qoplanadi. Ikkala tunnel oval formali metall korpusga joylashgan. Issiqlik agentini quritish kamerasiga uzatish uchun issiqlik ishlab chiqargich Dn-11,2 turidagi tutun so’rg’ich bilan ta’minlangan.
Issiqlik ishlab chiqargich havo oqimi to’xtagan holatlarda gaz uzatishni to’xtatishni ta’minlaydigan gorelkalar oldida gaz bosimi pasaygani tufayli alanga o’chganda va tutun so’rgich nosozligida (to’xtab qolganda) ishlashiga yo’l qo’ymaydigan nazorat-o’lchov asboblari va xavfsizlik avtomatikasi vositalari bilan ta’minlangan.
Issiqlik ishlab chiqargichlarda sodir bo’lishimumkin
bo’lgan nosozliklar, ularning sabablari va bartaraf qilish usullari
Nosozliklar |
Sabablari |
Bartaraf qilish |
Forsunkaga yonilg’i
Tutun so’rgich va haydash ventilyatorlarida titrashbor.
Yonish kamerasidaalangao’chib qoladi.
|
Yonilg’i tizimi ifloslangan.Yonilg’i nasosi nosoz.
Forsunkani sozlash ventili nosoz.
Ishchi g’ildiragi qobig’iga tegadi. Poydevorga o’rnatish boltlari bo’shagan.
Forsunka ifloslangan. Yondirish havosi va kerosinoqimidakerakli bosim yo’q. |
Yonilg’i tizimi tozalansin.Yonilg’i nasosi sozlansin.
Ventil sozlansin.
Tutun so’rgich nazoratqilinsin.
Boltlar qotirilsin.
Forsunka tozalansin. VVD-8 ning harakatlantirish tasmasining tarangligi tekshirilsinva sozlansiz. |
3.5.3. Issiqlik ishlab chiqargichlar bilan birga ishlaydigan tutun so’rg’ich va ventilyatorlar
3.5.3.1. Tutun so’rg’ichlar
Zamonaviy paxta quritgichlarni issiqlik bilan ta’minlash uchun, asosan,Dn-11,2vaTS (Dn-10 ham mustasno emas) tutun so’rg’ichlari ishlatilmoqda. Tutun so’rg’ichlar quyidagi qismlardan iborat: ishchi g’ildirak, ulitka, yo’naltirish apparati, elektrodvigatel va rama.
Sakkiz kurakli yo’naltirish apparati havoningulitkaga kiradigan joyiga o’rnatiladi va mashinaning ish unumdorligini oshirish uchun xizmat qiladi. SHuning bilan birga mashinaning ish unumdorligi elektrodvigatel aylanish tezligining ko’payishi va kamayishi hisobiga o’zgarishi mumkin.
Tutunso’rg’ichlar havoaralashmasining harorati 250°S gacha va bosimi 49-98 Pa (5-10 mm suv ust) bo’lganda foydalanish uchun mo’ljallangan.
3.10-rasmda Dn tutun so’rg’ichlarning 740-980 r/min tezligiga ega bo’lgan elektrodvigatellar bilan ishlashidagi tavsiflari keltirilgan.
Tutun so’rgichdasodir bo’ladigannosozliklar, ularningsabablari
va bartaraf qilish usullari
Nosozliklar |
Sabablar |
Bartaraf qilish |
Issiqlik ishlab chiqargich aralashtirish kamerasida kerakli siyraklanish hosil bo’lmaydi va yetarli miqdordagi quritishagenti berilmaydi.
Quritish agenti ko’p beriladi, ammo kerakli bosim hosil bo’lmaydi.
Tutun so’rgich ishlaganda podshipniklar va elekt-rodvigatel qattiq qiziydi. |
Ishchi g’ildirak va so’rish quvuri oralig’i juda kata.
Tutun so’rgichishchig’ildiragi teskari tomonga aylanadi. Gaz yo’llarida qarshilik katta,ulangan joylarda zichlik yo’q. G’ildirak yaxshibalansi-rovkaqilinmagan yoki podshipniklar to’g’ri yig’ilmagan. Tutun so’rgich qismlari zich qotirilmagan. Podshipniklarimoylan-magan, qisilib qolgan. |
Oraliqni tutun so’rg’ich yo’riqnomasiga muvofiq sozlash lozim.
G’ildirakning aylanish yo’nalishi o’zgartirilsin. Gaz o’tkazgich qo’rilsin. Nosozliklar yo’qotilsin.
G’ildirak balansirovkasi, podshipniklar yig’ilishi tekshirilsin va tuzatilsin
Qismlar qotirilishi tekshirilsin va qotirilsin. Podshipniklar tekshiril-sin va yaroqsizlari almashtirilsin. |
3.5.3.2. Ventilyatorlar
Issiqlik ishlab chiqargichlar tizimida qo’llaniladigan ventilyatorlar tuzilishi va ishlash uslubi bo’yicha markazdan qochirma bir pog’onali mashina hisoblanib, qobiq, ishchi g’ildirak va yurish qismidan tashkil topgan.
Aerodinamik tavsifi 3.11-rasmda keltirilgan VVD-8U ventilyatori ulitka shaklida yasalgan kavsharlangan aylanma qobiqqa so’rish tomonidan so’rish quvuri bilan ta’minlangan yechiladigan qopqoqga ega.
Ventilyatorni xarakatlantirish ponasimon qayish orqali alohida elektrodvigatel bilan amalga oshiriladi.