PAXTA, UNI QABUL QILISH VA SAQLASHNI TASHKIL ETISH

2014-12-01

  1. PAXTA, UNI QABUL QILISH VA SAQLASHNI TASHKIL ETISH
            1.1 Paxta haqida umumiy  ma’lumotlar
 
Paxta donli o’simliklar bilan bir qatorda sayyoramizdagi qadimgi madaniy ekinlardan biri hisoblanadi. Hind vodiysida eramizdan 3 ming yil avval paxta ipidan foydalanganlar.
Paxta xo’jalik ehtiyojlari uchun Markaziy Osiyoda eramizdan 5 asr ilgari ekila boshlangan.
G’o’za – Gossipium avlodi Malьva oilasidagi o’simlik bo’lib, bir yillik yoki ko’p yillik bo’lishi mumkin bo’lgan katta bo’lmagan daraxt shaklidagi o’simlikdir. SHoxlarining balandligi 0,7-1,5 m bo’lgan past  bo’yli bir yillik o’simlik g’o’zani madaniylashgan turi  hisoblanadi. Xo’jalikda foydaliligi jihatdan g’o’zaning xindi-xitoy (Gossipium arboreum), Afrika-Osiyoning (Gossipium xerbatseum) Meksikaning (Gossipium xirzutum) va Peruning (Gossipium barbadenze) turlari ma’lum. Markaziy Osiyo mamlakatlarida g’o’zaning oxirgi ikki turi mavjud, shu jumladan Gossipium barbadenze faqat Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekistonda ekiladi.
G’o’zaning madaniylashgan turlari bir qancha selektsion navlardan iborat.  Selektsion nav – bu bir ko’rinishdagi avlodiy bir turdagi morfologik va xo’jalik belgilar hamda xususiyatlarga ega bo’lgan madaniylashgan turdagi klassifikatsiya birligiga ega bo’lgan o’simliklar majmuasidir.
G’o’zaning  morfologik   belgilari – o’simlik   tuzilishining farqlanuvchi xususiyatlari (tup tuzilishi, shoxlari, barglari, guli, ko’sagi, chigiti va h.k.).
Ho’jalik belgilariga uning mahsulotini inson ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan, aniqrog’i olinadigan hosilning miqdori va sifatini belgilaydigan ko’rsatkichlari kiradi.
G’o’za uchun asosiy ko’rsatkich undan olinadigan tolaning miqdori va sifati hisoblanadi.
Tolasining sifatiga qarab g’o’za uzun  va o’rta tolali navlarga bo’linadi. Uzun tolali g’o’za navi tolasining uzunligi  36-42 mm bo’ladi.
Uzun tolali navlar, asosan, Gossipium barbadenze turiga kiradi.
O’rta tolali g’o’za uzunligi 25-35 mm ga teng va nisbatan dag’al tolaga ega bo’lib, asosan Gossipium xirzutum turiga yoki tur oralig’idagi gibridlarga kiradi.
G’o’za o’zining hayotiy xususiyatlarini bir necha yil davomida saqlay oladigan chigitlar tufayli ko’payadi.
CHigit unib chiqishi uchun, tuproqda namlik va atrof muhitda harorat bo’yicha zaruriy sharoitlar kerak. G’o’zaning me’yoriy o’sib chiqishi chigitning namligi 60 foiz va undan yuqori bo’lganda boshlanadi. SHu sababli o’sib chiqishini tezlashtirish uchun tukli chigit ekishdan avval namlanadi.
CHigit harorat tuproqda 14-16 °S va havoda  15-20 °S bo’lganda 5-7 kunda unib chiqa boshlaydi.
CHigit o’simtasi ildiz olgandan keyin o’sishning vegetativ fazasi boshlanadi, birinchi chin barg g’o’za unib chiqqandan yetti – o’n kundan keyin paydo bo’ladi, yana 4-5 kundan keyin  ikkinchi barg hosil bo’ladi va shu tarzda g’o’za poyasi o’sa boshlaydi. 5-7 va undan ko’p barglar shakllangandan keyin hosil shoxlari (simpodial) rivojlana boshlaydi.
G’o’za unib chiqqandan taxminan bir oydan keyin birinchi shona shakllanadi va yana 25-30 kundan so’ng gul ochiladi. SHonalar  vertikal bo’yicha (asosiy poya bo’yicha pastdan yuqoriga) har uch kunda va gorizontal bo’yicha (hosil poyalarida) yetti kunda shakllanadi va gullaydi (1.1-jadval).
Ko’sak deb ataladigan hosil o’rta tolali navlarda 4-5 qovachog’lar bilan chegaralangan pallachalardan iborat bo’ladi.
Uzun tolali navlarda ko’sak 3-4 pallachaga  ega. Pallachalar ichida 5-9 va undan ortiq tolali chigit  bo’lib, ularning har qaysisi ma’lum bir  uzunlikka (25 dan 45 mm gacha) ega bo’lgan   tola va (uzunligi 20 mm dan oz bo’lgan)  kalta momiq bilan qoplangan.
1.1.- jadval
G’o’za rivojlanishining optimal davrlari
Rivojlanish davrlari
Muddati, kunlar
hisobida
Kerakli va samarali harorat miqdori*,  °S
Unib  chiqishi
1-barg paydo bo’lishi
2-barg paydo bo’lishi
3-barg paydo bo’lishi
6-barg paydo bo’lishi
SHonalash boshlanishi
Gullashning boshlanishi
Ko’saklarning ochilishi:
Tezpishar navlar
O’rtapishar navlar
Kechpishar navlar
Ekilgandan 5-7 kun
 keyin
Unib chiqqandan 7-10
kun keyin
1-barg paydo bo’lgandan 4-5  kun keyin
2-barg paydo bo’lgandan 2-3 kun keyin
3-barg paydo bo’lgandan 7-8 kun keyin
Unib chiqqandan 30kun keyin
SHonalash boshlangandan
 25-30kun keyin
Gullashdan 50-60kun keyin        — : —
— : —
84-100
175
220
295
485
485
970-1000
1720 atrofida
1850-1880
2120-2200
Paxta va tolaning xo’jalik hamda texnologik ko’rsatkichlari nuqtai nazaridan bir ko’sakdagi paxtaning va 1000 dona chigitning vazni, tola chiqishi, uzunligi, ingichkaligi, nisbiy uzilish kuchi, pishib yetilganligi, mikroneyr ko’rsatgichi,  tolaning bir tekisliligi va tashqi ko’rinishi muhim ahamiyatga ega.
1.2-jadvalda «PaxtatozalashIIChB» OAJning ma’lumotlari bo’yicha paxtaning ko’p tarqalgan selektsion navlarining ayrim morfologik belgilari keltirilgan. Jadvalda keltirilgan morfologik belgilarning fizik qiymatlari paxtani qayta ishlash texnologik jarayonida o’z aksini topgan.
G’o’zaning yaxshi o’sishi, rivojlanishi va hosil tashkil qilishi uchun zarur bo’lgan harorat samarali harorat deb ataladi. Bu harorat bir kunlik havoning o’rtacha  harorati bilan biologik minimum sifatida qabul qilingan (g’o’za uchun 10 °S) harorat orasidagi farqga teng.
1.2. Paxta tolasining  sifati bo’yicha klassifikatsiyasi
G’o’za faqat paxta xom ashyosi olish uchungina ekiladi. G’o’za ekiladigan  hududlarning yalpi gazlashtirilishi tufayli qishloq joylarda g’o’zapoyaning yoqilg’i sifatida ishlatilishi ilgarigi ahamiyatini yo’qotmoqda. Undan qurilish materiallari olish uchun g’o’za poyasini qayta ishlash qisman yo’lga qo’yilmoqda.
Paxta xom ashyosidan ishlab chiqariladigan asosiy mahsulot paxta tolasi hisoblanadi. SHuning uchun dunyoda paxta tolasining sifati bo’yicha klassifikatsiyalanadi.
O’zbekistonda paxtani tolasining sifati bo’yicha klassifikatsiyalash sistemasi qabul qilingan.
Hozirgi vaqtda tolani klassifikatsiyalash usuli tiplarga (vertikal klassifikatsiyalash) va sanoat navlariga (gorizontal klassifikatsiyalash) bo’lishni nazarda tutadi. SHunga ko’ra paxta  tolasining sifati bo’yicha ayrim tip va sanoat navlariga ajratiladi.
Amaldagi me’yorlarga ko’ra tola taram massaviy uzunligi, nisbiy uzilish kuchi va chiziqli zichligi bo’yicha 9 ta tipga bo’linadi.
Tola sifat ko’rsatkichlarining amaldagi me’yorlari tiplar bo’yicha 1.3-jadvalda keltirilgan. O’z DSt 604:2001. «Paxta tolasi. Texnikaviy shartlar». standartiga ko’ra paxta tolasining tipi shtapelь massaviy uzunligi yoki chiziqli zichligining eng past ko’rsatkichi bo’yicha aniqlanadi.
Har qaysi tipdagi paxta tolasi tashqi ko’rinishi, rangi va pishib yetilganlik koeffitsientiga qarab beshta sanoat  naviga (I , II, III, IV, V) bo’linadi.
Bunda pishib yetilganlik koeffitsienti uzun tolali selektsion navlar uchun sanoat naviga qarab 2,0 dan 1,2 gacha, o’rta tolali navlar uchun bu ko’rsatkich 1,8  dan 1,2 ga teng. Tolaning navi rangi va pishib yetilganlik koeffitsientining eng past ko’rsatkichi bo’yicha aniqlanadi. Bundan tashqari paxta tolasi iflosligi va nuqsonlarining miqdori bo’yicha sinflarga bo’linadi. I va II navlar – oliy, yaxshi, o’rta, oddiy, iflos; III va IV navlar – yaxshi, o’rta, oddiy, iflos va  V nav – o’rta, oddiy,  iflos sinflardan iborat.
Dunyo bozorida trikotaj uchun ishlatiladigan asosiy xom ashyo 4-nchi tipdagi paxta tolasi bo’lib, unga talab juda kattaligicha qolmoqda. So’nggi yillarda 4-tipdagi paxta tolasini tayyorlash hajmi sezilarli darajada oshdi va umumiy hajmda 28 foizga (keng tarqalgan navlar Buxoro 6, S-6524, Xorazm 127) yetdi. Kelajakda 4-tipdagi paxta tolasini ishlab chiqarish 35 foizgacha ko’payishi kutilmoqda. SHuningdek dunyo bozorida sifatli V tipdagi paxta  tolasi ham yuqori talabga ega va u,  tayyorlangan paxtaning hajmida 70 foizni tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi bo’yicha keng tarqalgan serhosil yaxshi tolali navlar:  Buxoro 6,  Namangan 77, An-Boyovut 2, Oqdaryo 6.
1.3. G’o’zaning istiqbolli selektsion navlari
G’o’zaning selektsion navi ma’lum morfologik va agroxo’jalik belgilariga ega bo’lib, ilmiy-tadqiqot muassasasida selektsiyaning ilmiy usuli asosida yaratilib ishlab chiqarilgan va xo’jalik nuqtai nazaridan qiymatga ega bo’lgan g’o’za navidir. (Paxtachilik entsiklopediyasi  2 tom, 216 bet).                         O’zbekiston Respublikasi hududlarida keyingi yillarda g’o’zaning 10 dan ortiqroq  rayonlashtirilgan selektsion navlari ekilmoqda. Namangan 77  navi ko’proq Qashqadaryo viloyatida, Xorazm 127 navi – Xorazm viloyatida,  Buxoro 6,  Namangan 77, S-6524 kabi navlar respublikaning ko’pgina  viloyatlarida  ekilib kelinmoqda.
Yangi navlarni ma’lum darajada cheklangan holda paxta ekiladigan xududlarga mo’ljallab yaratilishi maqsadga muvofiqdir, chunki har bir  hudud sharoitiga moslashtirilib yaratilgan yangi navlar erta pisharligi, yuqori hosildorligi va tola chiqishining yuqoriligi, hamda kasalliklarga chidamliligi bilan amaldagi navlardan ustunligini ko’rsatsa maqsadga erishilgan hisoblanadi.
Asosiy maydonlarda ekilayotgan paxta navlarining ba’zi bir   o’rtacha aniqliqdagi agroxo’jalik ko’rsatkichlari 1.4-jadvalda keltirilgan. Bu ko’rsatkichlar ma’lum miqdorda navlarni o’zaro taqqoslash imkonini beradi. Bunda tola chiqish ko’rsatkichi selektsiya sohasida qabul qilingan uslub bilan aniqlangan.
1.4-jadval
 
1.4. Paxtaning fizik-mexanika xususiyatlari
Bir necha yillar davomida asosiy maydonlarda ekilayotgan paxta navlarining  tolalari bo’yicha umumlashtirilgan texnologik xususiyatlari 1.5-jadvalda keltirilgan.
 1.5 –jadval
Paxta selektsion navlarining tolalari bo’yicha texnolgik xususiyatlari
Selektsion  navi
SHtapel massaviy uzunligi, mm
CHiziqli zichligi, m∙tex
Nisbiy uzi-lish kuchi,
   gf/tex
Mikro-neyr
ko’rsat-
kichi
Tipi
Uzun tolali navlar
Termiz 31
36,0
153
30,2
3
O’rta tolali navlar
S-6524
33,5
159
25,8
4,2
4
S-4727
31,7
177
25,1
4,5
5
Toshkent 6
31,9
169
24,6
4,5
5
An-Boyovut 2
31,8
171
25,1
4,3
5
Buxoro 6
32,5
167
25,5
4,0
5
Namangan 77
32,4
176
25,0
4,1
5
Xorazm 127
33,6
179
25,3
4,4
4
Omad
32,6
185
24,4
4,3
5
Oqqo’rg’on 2
32,6
167
25,4
4,1
5
SHaraf 75
32,7
157
24,5
4,5
5
Mexnat
32,1
172
24,6
4,4
5
Oqdaryo 6
34,0
178
25,1
5
 
1.4.1. Paxta va tolaning ba’zi fizik-mexanika xususiyatlari (G.I.Miroshnichenko ma’lumotlari bo’yicha)
Paxtaning zichligi gs– 1300 kg/m3 (toylangan tolaning zichligi 1500 kg/m3 ga teng deb qabul qilinadi), bo’sh uyulgan paxtaning zichligi ds  g’o’zani selektsion naviga, sanoat naviga va uning terim usuliga bog’liq.
    1.6-jadval
Bo’sh uyulgan paxtaning hajmiy zichligi
Fizik-mexanika xususiyatlari
Qo’lda terilgan paxta
Mashinada terilgan paxta, 1 nav
Inav
IInav
IIInav
Bo’sh uyulgan paxta  hajmiy zichligi, kg/m3
G’ovakligi
G’ovaklik koeffitsienti
64
95,0
19,3
61
95,3
20,3
59
95,5
21,1
60
95,0
20,7
Paxtaning tabiiy uyulish burchagia= 450 ga teng, yon tomonlari  cheklangan hajmda paxtaning  siqilishi quyidagi ifoda bilan belgilanadi:
ds  = mRn,
Bu yerda ds –  uyulgan paxtaning hajmiy zichligi, kg/m3; R – nisbiy siqilish bosimi, N/m2;  m – paxta namligiga bog’liq bo’lgan koeffitsient; n – g’o’za selektsion naviga bog’liq bo’lgan miqdor.
1.7-jadval
I nav paxta uchun  «m» – koeffitsientini
«n» miqdoriga nisbatan bo’lgan ko’rsatkichlari
Namlik, foiz
m
n
3
5
6
7
8
9
10
21,8
22,4
22,7
22,8
22, 9
23,1
23,2
0,3
0,3
0,3
0,3
0,3
0,3
0,3
1.8-jadval
Paxta hajmiy zichligining (ds) siqishning
solishtirma bosimiga (R)  qarab o’zgarishi
Nisbiy bosim, kN/m2
Uyulgan paxtaning hajmiy zichligi,
 kg/m3
I nav
IV nav
1,27
4,7
11,0
17,2
23,5
29,7
105
149
188
214
240
252
100
132
165
187
208
218
Paxta massasidagi tashqi kuchlar ta’siri ostida siljishga bo’lgan qarshilik (t) paxtaga bo’lgan solishtirma bosim (R) va paxta tuzilish yopishqoqligi (S) ga bog’liq.
t= tg j. P+C
Bu yerda tg j – ichki sirg’anish koeffitsientiga (f)teng bo’lgan paxtaning ichki sirg’anish burchagi.
 Tuzilish yopishqoqligi (S) solishtirma bosimning oshishi  va paxtaning namligi pasayishi bilan ko’payadi.
  1.9-jadval
1 nav paxtaning tuzilish yopishqoqligi (S)
ko’rsatkichlari
Paxtaning namligi,
foiz
Nisbiy bosim
kN/m2
(kgf/sm2)
Tuzilish yopishqoqligi
 (S) kN/m2(kgf/sm2)
8,1
8,1
3,1
3,1
9,8(0,1)
29,4(0,3)
9,8(0,1)
29,4(0,3)
1,18(0,012)
2,16(0,022)
2,06(0,021)
2,84(0,029)
Solishtirma bosim   R =9,8 – 29,4 kN/m2 (0,1-0,3 kgf/sm2) bo’lganda, burchak   j = 24-26° ni tashkil etadi.
         Paxtada yopishqoqlik koeffitsienti
;
Paxtaning siljish koeffitsienti (ichki ishqalanish)
¦= t/r= tg Y;
Bu yerda  Y– paxtaning siljish burchagi f1=f+fs .
 1.10-jadval
f1, f, fs koeffitsientlarining ko’rsatkichlari
Nisbiy bosim kN/m3
(kgf/sm2)
Paxtaning namligi, foiz
7-9
4-6
f1
f
fc
f1
f
fs
4,9 (0,05)
9,8-29,4 (0,1-0,3)
0,80
0,60
0,70
0,48
0,10
0,12
0,9
0,65
0,73
0,43
0,17
0,22
Paxtaning siljishga qarshilik tenglamasi
t= m1.en1ds ;
 bu yerda: t – paxtaning siljishga qarshiligi N/m2 (paxtaning barcha selektsion va   sanoat navlariga bir xil);
m1, n1– paxtaning namligiga qarab quyidagi jadvaldan tanlab olinadigan doimiy koeffitsientlar;
ds– erkin uyulgan paxtaning hajmiy zichligi, kg/m3;
e– natural lagorifmlar asosi.
 1.11-jadval
«m1», «n1» koeffitsientlari ko’rsatkichlari
Paxtaning namligi,foiz
m1
n1
5
6
7
8
9
10
52,2
49,8
47,7
46,2
44,7
43,6
0,014
0,014
0,014
0,014
0,014
0,014
Paxtaning yon bosimi. Devorlar bilan cheklangan hajmda paxta  zichlanayotganda tashqi kuch paxtani faqat zichlab qolmay, hajm devorlariga ham ta’sir ko’rsatadi.
Nisbiy yon bosimining ko’rsatkichlari (q) N/m2 larda o’lchanadi va quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
q = K. P ;
bu yerda: R-nisbiy bosim, N/m2; K – paxta namligiga bog’liq bo’lgan yon bosim koeffitsienti.
Yon bosim koeffitsienti  (K) paxtaning 1 sanoat navi uchun eng katta ko’rsatkichga ega. Nav pasayishi bilan koeffitsient (K) kamayadi, paxtaning V  navi uchun koeffitsient (K) I nav koeffitsientining 85 foizini tashkil etadi.
 1.12-jadval
Paxta yon bosimi koeffitsienti (K) miqdori
I  nav paxtaning namligi, foiz
K
5
6
7
8
9
10
0,177
0,172
0,168
0,164
0,161
0,158
Uyulgan paxtaning hajmiy zichligi ds bilan paxtaning nisbiy yon bosimi q orasida bog’liqlik (N/m2)  mavjud:
q = m2 yen2dc
 
Bu yerda – m2 va n2 g’o’za selektsion navi va paxtaning namligiga qarab olinadigan o’zgarmas koeffitsientlar:  I sanoat navi uchun koeffitsient
n2 = 0,02 bo’lib, koeffitsient m2 namlikka qarab quyidagi jadvaldan olinadi.
1.13-jadval
m2koeffitsientining ko’rsatkichlari
Paxtaning namligi, foiz
5
6
7
8
9
10
m2
3,93
3,76
3,66
3,60
3,53
3,52
Paxtaning ishqalanishi. Amaliy hisoblashlar uchun tezlik 0,015-0,02 m/sbo’lganda turg’unlik ishqalanish koeffitsienti (Mn) va harakatdagi ishqalanish koeffitsienti (Mg) ni paxtaning Inavi uchun namlik 7-8 foiz bo’lganda qabul qilish tavsiya etiladi.
Turg’unlik va harakatdagi ishqalanish koeffitsientining qiymati paxtaning navi va nisbiy bosimidan tashqari uning selektsion navi va namligiga ham bog’liq. Paxtaning sanoat navi pasayishi bilan ishqalanish koeffitsienti qisman kamayadi.
1.14-jadval
Paxta uchun ishqalanish koeffitsientlari
(Mn  va Mg) ning ko’rsatkichlari
Paxta harakat qilayotgan sirtning nomi
Nisbiy bosim kN/m2 (kgf/cm2) bo’lganda ishqalanish koeffitsientlari qiymati
0,098 (0,001)
0,49-2,45 (0,005-0,025)
4,9-9,8 (0,05-0,1)
Mn
Mg
Mn
Mg
Mn
Mg
Po’lat (prokat)
Transporter tasmasi:
Rezina qavatisiz
Rezina qavatli
G’isht:
pishgan
xom
Somon suvoq
0,80
0,90
0,86
0,87
0,80
0,82
0,70
0,78
0,72
0,81
0,73
0,71
0,55-0,50
0,80-0,65
0,47
0,80-0,77
0,73
0,75
0,55-0,45
0,75-0,50
0,45
0,76-0,75
0,68
0,71
0,4-0,45
0,55-0,50
0,45
0,77
0,70
0,70
0,39
0,50-0,40
0,44
0,73
0,68-0,64
0,68-0,64
 
1.4.2. Paxta tolasi uchun ishqalanish koeffitsienti
Paxta tolasining paxta tolasi bo’ylab ishqalanish koeffitsienti f harakat tezligi 0,1 m/s bo’lganda 0,24 ga teng.
Paxta tolasi po’lat bo’ylab ishqalanganda tezlikka qarab ishqalanish koeffitsienti quyidagilarga teng.
Tezlik, m/s                          0,1              0,2               0,3
Ishqalanish koeffitsienti       0,23            0,25             0,28
Sun’iy tasma  bo’ylab             f   =  0,8 – 1,1
SHisha oyna bo’ylab                f   =  0,3-0,4
Paxta tolasining  po’lat arra bo’ylab ishqalanish koeffitsienti 0,3 ga teng.
1.4.3. Tolaning chigitga birikish mustahkamligi
Tolaning chigitga birikish mustahkamligi paxtani qayta ishlash texnologiyasida, paxtaga qayta ishlash xom ashyosi sifatida qaralganda, tolaning balikli va arrali jinlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu tabiiy ko’rsatkichga uskunalar ishining miqdoriy (ish unumdorligi), ham sifat (tolada ifloslik va nuqsonlar miqdori, kalta tola mavjudligi) ko’rsatkichlari bog’liq bo’ladi.
Tolaning chigitga birikish mustahkamligi bo’yicha uzun tolali navlar uchun «Paxta tozalash IIChB» OAJda tajribada olingan ma’lumotlar 1.15 jadvalda keltirilgan.
Bunda tolalar tutamini ajratish kuchi jumlasi birinchi bo’lib «Paxta tozalash IIChB» OAJ da ishlab chiqilgan va ilmiy tadqiqot tajribasiga joriy etilgan.
  1.15-jadval
Uzun tolali navlar uchun bir dona tolaning chigitga birikish
 mustahkamligi ko’rsatkichlari
Selektsiya navi
Tolaning birikish mustahkamligi, sN (gf)
Xalaza
Yoni
Umumiy
Termiz 24
3,55 (3,62)
3,42 (3,49)
3,49 (3,56)
Termiz 31
3,87 (3,95)
4,44 (4,53)
4,15 (4,24)
1.5. Paxtani qabul qilishni tashkil etish
Xo’jaliklarda yetishtirilgan paxtani paxta tayyorlash punktlarida to’dalar bilan qabul qilinadi. To’da deb, bir selektsion, sanoat navi, tipi va sinfiga mansubligi  haqida  hujjat bilan rasmiylashtirilgan paxta miqdori hisoblanadi.
Bir to’dada turli selektsion va sanoat navlari to’planib hamda paxtaning tipi va sinfi aralashib ketganda, paxta to’dada bor bo’lgan past tip, nav va sinf bo’yicha hisoblanib qabul qilinadi.
Paxtani qabul qilish paxta tayyorlash punktlarida pishganlik koeffitsienti, rangi va tashqi ko’rinishi bo’yicha O’zbekiston davlat standartlariga asosan amalga oshiriladi. Bunda to’plangan barcha paxta, shuningdek, olingan  tola ham 5 sanoat naviga bo’linadi, iflosliklar massaviy ulushi va namlikning massaviy nisbati bo’yicha esa har qaysi sanoat navi 3 (1, 2, 3) sinfga bo’linadi. Bunda paxta navini paxta tayyorlash punkti  qabul qiluvchisi birlashtirilgan namunani tashqi ko’rinishi bo’yicha uning o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan namunasi bilan solishtirib, tashqi ko’rinishini standart va me’yoriy iflosligi hamda namligi bo’yicha aniqlaydi (1.16-jadval).
3-sinf I, II, III va IV  navlari uchun belgilangan me’yorlar chegarasidan paxtaning iflosligi yoki namligi oshib ketganda paxta topshiruvchiga qaytariladi yoki bir nav pastga tushirib qabul kilinadi. Iflosligi yoki namligi me’yor chegaralari 22 foizdan oshib ketganda paxta topshiruvchiga qaytariladi.
Yopishqoqligi (kleykostь) bor paxta alohida qabul qilinadi va jamlanadi. Bunday paxtaning navi qayta ishlangandan so’ng aniqlanadi.
  1.16-jadval
Paxtaning sinflari bo’yicha ifloslikning massaviy ulushi
va namlikning  massaviy nisbatini cheklangan me’yorlari, foiz
Paxta  navi
1 sinf
2-sinf
3 sinf
Iflos-likning massaviy  ulushi
Namlikning massaviy nisbati
Iflos-likning massaviy ulushi
Namlikning massaviy  nisbati
Iflos-likning massaviy ulushi
Namlikning massaviy nisbati
I
3,0
9,0
10,0
12,0
16,0
14,0
II
5,0
10,0
10,0
13,0
16,0
16,0
III
8,0
11,0
12,0
15,0
18,0
18,0
IV
12,0
13,0
16,0
17,0
20,0
20,0
V
22,0
22,0
Paxtani navlar bo’yicha bir xil hisobiy me’yorga keltirilgan ifloslikning massaviy ulushi (2,0 foiz) va namlikning me’yoriy nisbati (9,0 foiz) bo’yicha konditsion massasi hisoblanadi va qabul qilinadi.
Konditsion massa (Mk)  kilogrammlarda quyidagi tenglama bo’yicha hisoblanadi:
;
Bu yerda   Mxak   – topshirishga keltirilgan paxtaning massasi, kg;
Mxis – iflosliklar bo’yicha hisoblash me’yoriga keltirilgan                          paxtaning massasi, kg;
Wxis –  9,0 foizga teng bo’lgan namlikning massaviy nisbatini
          hisoblash me’yori;
Wxak –  namlikning massaviy nisbatini  haqiqiy ko’rsatkichi,
         foiz;
Zxis  –  ifloslik massaviy ulushini hisoblash me’yori,
         2,0 foizga teng;
Zxak  –   ifloslik haqiqiy massaviy  ulushi, foiz.
Hisoblab chiqilgan konditsion massalar birinchi o’nlikgacha hisoblanib butun raqamgacha qisqartiriladi.
Tayyorlash punktida paxtani qabul qilish oqimi uch  yoki ikki hududli tizimda tashkil etiladi. Paxtani qabul qilishni tashkil etish amaldagi «Paxta terish va tayyorlash bo’yicha yo’riqnoma» da yoritilgan.
 
1.5.1. Paxtani g’aramlarga va yopiq omborlarga joylash hamda saqlashning texnik sharoitlari
 
Paxta tayyorlash punktlari va paxta tozalash korxonalarida paxta selektsion, sanoat navlari hamda terish uslublari bo’yicha alohida qabul qilinadi va saqlanadi.
Paxta to’dalarini jamlash, ularni saqlash va qayta ishlash tolaning tipi bo’yicha, uning sifat ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda «Paxta terish va tayyorlash bo’yicha yo’riqnoma» ga amal qilgan holda har qaysi xo’jalikniki alohida  amalga oshiriladi.
Urug’lik paxta texnik paxtadan alohida to’dalarga qabul qilinadi va jamlanadi.
Har xil zararkunandalar va kasalliklar («qora shira», gommoz, makrosporioz va h.k.), bilan zararlangan paxta  alohida qabul qilinadi, jamlanadi, saqlanadi va qayta ishlashga  jo’natiladi.
Paxtani yaxshirok saqlash,  uzoq muddat saqlashni to’g’ri tashkil etish maqsadida paxtani jamlashni uning namligini hisobga olgan holda tabaqalab bajarish kerak. Namligi 14 foizgacha bo’lgan paxtani tozalash bo’limi hududiga, namligi 14 foiz va undan  yuqori bo’lgan paxtani esa quritish tozalash tsexi hududiga joylashtirish kerak. Namligi 20 foizdan yuqori bo’lgan paxtani quritish tozalash tsexiga yaqin bo’lgan joyga jamlash kerak, chunki uni tezda quritish va qayta ishlash lozim bo’ladi.
Paxtani saqlash uchun yopiq omborlar, yarimochiq yoki to’rt tomoni ochiq ombor (ayvonlar) va ochiq maxsus tayyorlangan maydonchalardan foydalaniladi.
Paxtani shibbalangan shag’al bilan yoki  asfalьt bilan qoplangan maydonlarga jamlashga ruxsat etiladi.
G’aram maydonlarining o’lchamlari 25×14 m,  balandligi yer sathidan 0,4 m bo’lishi va yog’in-sochin suvlarini chiqib ketishini ta’minlash uchun o’rtasini 0,05-0,07 m ga ko’tarish kerak.
Paxta g’aramlarga jamlanganda (cho’kishdan avval) balandligi quyida keltirilgan ko’rsatkichlardan  oshib ketmasligi kerak (1.17-jadval).
1.17-jadval
Paxta g’aramlarining tayyorlov davrida ruxsat etilgan
balandliklari
Paxta
navi
Paxta namligi,
foiz
SHakllangan g’aramning  balandligi, mgacha
Maydoncha-
dagi paxta xom ashyosining taxminiy massasi, t
havo so’rishni qo’llamaganda
havo so’rishni qo’llaganda
1
2
3
4
5
I
9 gacha
9,1-12,0
12,1-14,0
14 dan yuqori
8
8
7
6
400
350
300
250
1
2
3
4
5
II
10 gacha
10,1-13,0
13,1-16,0
16 dan yuqori
8
8
7
6
370
300
250
200
III
11 gacha
11,1-15,0
15,1-18,0
18 dan yuqori
7
7
6
6
350
300
230
200
IV
13 gacha
13,1-17,0
17,1-20,0
6
5
4
270
200
190
V
20,1 dan yuqori
4
*
  Eslatma:* Past navli, iflosligi va namligi yuqori bo’lgan paxta maxsus kichkina g’aramga joylanadi. Bunday g’aramning uzunligi 14 m, kengligi 7  m, balandligi 4,0 – 4,5 m (tug’ri to’rtburchak qismi 3,1 m, gumbazsimon qismining balandligi 1,5 m) qilib jamlanadi. Bitta 14 x 25 m standart g’aram maydoniga bunday g’aramlardan uchtasi joylashtiriladi.
Paxtani g’aramlarda va yopiq omborlarda saqlangandagi, transport vositalarida tashilgandagi hajmiy zichligi 1.18- jadvalda keltirilgan.
  1.18-jadval
Paxtani  saqlangandagi va tashilgandagi o’rtacha hisobiy hajmiy zichligi
Saqlash va tashish
Paxta zichligi, kg/m3
I-IInavlar
III-V  navlar
o’rta
tolali
uzun
tolali
o’rta
tolali
uzun
tolali
Yopiq omborlarda
160-180
180-200
150-160
160-170
G’aramlarda
185-220
190-250
170-190
180-190
Traktor aravalarida zichlangan holda tashish
150-160
160-170
160-180
170-190
Zichlanmay erkin holda tashish
50-60
70-80
50-60
70-80
  1. PAXTA, UNI QABUL QILISH VA SAQLASHNI
TASHKIL ETISH

1.2- jadval.

  1.3-jadval
1a, 1b, 1, 2, 3 tipdagi tolalar paxtaning uzun tolali selektsion navlariga, 4, 5, 6 va 7 tipdagi tolalar esa, paxtaning o’rta tolali selektsion navlariga tegishli, deb hisoblanadi.

Balandligi 1 m bo’lgan har qaysi paxta qatlami joylangandan keyin g’aram chekkalari 0,5 m dan kam bo’lmagan holda shibbalanadi. G’aram burchaklari 2,5-3,0 m kenglikda zichroq shibbalanadi. Bir kunda bir g’aramga 80 tonnadan ko’p  bo’lmagan paxta  joylanishi tavsiya etiladi.
Paxtani g’aramlarga joylashda uning cho’kishi hisobiga yon devorlari ko’tarilib  qoladi, ularni tarab turish kerak bo’ladi.
G’aram devorlarining eng katta balandligi 7,5 m, g’aram tepasidagi konussimon qismi gumbazsimon shaklga ega bo’lib 2,5 m dan oshmasligi kerak. Konussimon qismining o’rtasi g’aram uzunligi bo’yicha uning o’rtasidan o’tishi kerak.
1.5.2. G’aramlarni yopish
Paxta  g’aramlarini yopish uchun o’lchami 8,5x 7m bo’lgan brezent chodirlar qo’llaniladi.  O’lchami 25×14 m bo’lgan g’aram o’nta brezent bilan yopiladi. Brezentlar 7 m li tomonlari o’lchami 7 x 17 m bo’lgan chodir   hosil qiladigan juft qilib tikiladi va 25 x 14 m maydondagi g’aramni  8 dona brezent bilan yopish zarur bo’lib qolganda, ularni juft-juft qilib 7 m li tomonlari bilan tikiladi. Keyin hosil bo’lgan chodirlarni yana juft-juft qilib 17 m li tomonlari bilan tikiladi. SHunday ikki brezent g’aramga ko’ndalangiga 17 m li tomoni bilan ikkinchi brezent birinchisining ustiga 1 m chiqadigan qilib yopiladi.
Brezent g’aramda halqalaridan o’tkazilgan arqon bilan tortib qo’yiladi. Arqonlar uchi g’aram atrofida yerga o’rnatilgan sim halqalarga bog’lab qo’yiladi. G’aram yopiladigan brezent 350-400 tonnadan oz bo’lmagan paxtani yopishi kerak.