O’z DSt 604:2016 Пахта толаси. Техникавий шартлар. 1-сонли ЎЗГАРТИРИШ
Пахта ТК 2017 йил учун иш режаси
2017 йил учун Давлат стандартларнинг лойихалари
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng dunyo bozorida o’zbek paxtasini raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida, paxta va paxta mahsulotlari sifatiga va paxtani qayta ishlash korxonalariga qaratilayotgan ahamiyat sezilarli darajada o’zgardi. Hozirgi kunda barcha paxta tozalash korxonalarida zamonaviy, resurs tejaydigan texnika va texnologiyalar joriy qilinib, arzon tannarxlarda, paxta xom ashyosi sarfini tejagan xolda yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bugungi kunda uyushma tarkibiga 13 ta «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari va «Paxtasanoat Ilmiy Markazi» OAJ kiradi. «Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari 99 ta paxta tozalash korxonalari, viloyat mexanika ustaxonalari va yordamchi korxonalarini birlashtiradilar. Tizimdagi barcha paxta tozalash korxonalarda, paxta tayyorlash maskanlarida va paxta mahsulotlarini sifat ko’rsatkichlarini aniqlash bo’yicha texnologik hamda paxta tayyorlov maskanlar qoshidagi laboratoriyalar mavjud SHuningdek, Respublikamizda 460 tayyorlov maskanlari mavjud bo’lib, ularning har biridagi laboratoriyalarda sifat ko’rsatkichlarini aniqlash uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalar bor (LKM, 2L-12, SXL-3, PPV, DL-10, LPS-4, VXS-M1, Uz-7, SHSX, AX, Mikroskop, MSHU-1, termoщup, tarozilar, tashqi ko’rinishi standart namunalari). Barcha mavjud bo’lgan laboratoriyalar «O’zstandart» agentligi tomonidan shahodatlangan, asbob uskunalar o’z vaqtida ko’rikdan o’tqazilib turiladi. Sinovlar sohaviy davlat standartlari talablari asosida amalga oshiriladi (O’z Dst 643:2006, 644:2006, 592:2008, 593:2008, 614:2009, 618:2009, 619:2009, 620:2009, 629:2010, 632:2010, 633:2010, 634:2010, 597:2008, 598:2008, 599:2008, 600:2008, 601:2008, 602:2008, 603:2008, 657:2011, 658:2011, 659:2011, 660:2011 661:2011, 662:2011). 2001 yil 25 apreldan № 60 sonli buyruqga asosan «O’zpaxtasanoat» uyushmasi va «Paxtasanoat Ilmiy Markazi» OAJ qoshida «Paxta» texnik qo’mitasi tashkil etilgan bo’lib, «O’zstandart» agentligi va «O’zpaxtasanoat» uyushmasi tomonidan standartlashtirish bo’yicha bazaviy tashkilotninng Nizomi tasdiqlangan. «Paxta» texnik qo’mitasi paxta va paxta mahsulotlari standartlarini ishlab chiqish, tekshirish, qayta ko’rib chiqish, o’zgartirishlar kiritish va bekor qilish bo’yicha faoliyat yuritadi. Bazaviy tashkilotda standartlashtirish bo’yicha me’yoriy xujjatlar fondi mavjud bo’lib, unda 35 tadan ziyod sohaviy, 60 ta Davlat standartlari, 35 ta texnikaviy shartlar, 3 ta rahbariy xujjatlar (RX) va Davlatlararo standartlar mavjuddir. 2012 yilda «O’zstandart» agentligi tasdiqlagan standartlashtirish rejasi bo’yicha amal qilish muddati tugayotgan 2 davlat standartini qayta ko’rib chiqildi, 2 standart va 2 texnikaviy shartlarning muddati uzaytirildi va rejadan taщqari 4 standartga tegishli o’zgartirishlar kiritildi, shular jumlasidan: – O’z DSt 581:2002 Paxtani qayta ishlash. Atamalar va ta’riflar 2-sonli o’zgartirish ; – O’z DSt 664:2012 Paxta tozalash asbob-uskunalari. Texnologik ko’rsatkichlar nomenklaturasi ; – O’z DSt 665:2012 Paxta maxsuloti toylarini o’rash uchun qo’llaniladigan materiallari. Texnikaviy shartlar; – O’z DSt EN 14278-1:2012 (EN 14278-1) To’qimachilik xom ashyosi. Paxta tolasining yopishqoqligini aniqlash. 1 qism: Qo’l termodetektori bilan aniqlash usuli ; – O’z DSt 604:2001 Paxta tolasi. Texnikaviy shartlar 4-sonli o’zgartirish – O’z DSt 614: Paxta tolasi. Namuna tanlab olish usullari 1-sonli o’zgartirish; – O’z DSt 645:2010 Paxta momig’i. Texnikaviy shartlar 1-sonli o’zgartirish; – O’z DSt 841: 2011 Paxta tolasi, paxta momig’i, paxta tozalash korxonalarining ulyuk aralashgan chiqindilari va paxtaning kalta momig’i aralashgan chiqindilari. Joylab o’rash, markalash, tashish va saqlash 1-sonli o’zgartirish; – TSh 30-01:2002 Paxta tozalash korxonalarining paxtaning kalta momig’i aralashgan chiqindilari. Texnikaviy shartlar 2-sonli o’zgartirish; – TSh 30-02:2002 Paxta tozalash korxonalarining ulyuk aralashgan chiqindilari .Texnikaviy shartlar 2-sonli o’zgartirish Yangilangan davlat standartlari va standartlarga kiritilgan o’zgartirishlar mahsulotlari sifatini oshirish va paxta tolasini eksportlik salohiyatini oshirish maqsadida paxta toylarining tashqi ko’rinishini yaxshilash bo’yicha belgilangan chora-tadbirlar asosida olib borildi. – Jumladan yangilangan O’z DSt 841: 2011 “Paxta tolasi, paxta momig’i, paxta tozalash zavodlarining o’lik aralashgan chiqindilari va paxtaning kalta momig’i aralashgan chiqindilari. O’rash, belgi qo’yish, tashish va saqlash” standartiga kiritilgan yangi talablarning asosiy mohiyati paxta tolasi toylarini yangi PET tasmalar bilan bog’lash va yumshoq konteynerlarga joylashtirish bilan bog’liq talablardir. – O’rov va bog’lov materiallarini sertifikatlanishi va yangi progressiv bog’lovchi materiallar PET lentalarini joriy qilinishi paxta toylarining tashqi ko’rinishini tubdan yaxshilanishiga va bog’lovchi materiallarga bo’lgan sarf xarajatlarni 40 % gacha kamaytirishga imkon beradi. v «Paxta» texnik qo’mitasi Rossiya, Xitoy, Xindiston, Bangladesh, Germaniya, Ispaniyadagi paxtani dastlabki ishlash uskunalarini ishlab chiqaruvchi va paxta tolasi iste’molchilari bo’lgan tashkilotlar hamda korxonalar bilan amaliy aloqalar o’rnatilgan. O’zbek paxtasini halqaro reytingini yanada oshirish maqsadida uyushma va uning tarkibiy ishlab chiqarish bo’linmalari halqaro paxta va sanoat yarmarkalari, kooperatsion birjalari hamda paxta mavzusi bo’yicha boshqa tadbirlarni tashkil qilish va o’tkazishda faol qatnashmoqda. Barcha paxta tozalash korxonalarida paxta tolasini har bir toy bo’yicha sertifikatsiyalash yo’lga qo’yildi. Buning uchun respublikaning barcha xududlarida O’zbekiston «Sifat» Markazining zamonaviy o’lchov uskunalari bilan jixozlangan HVI tizimidagi laboratoriyalari ishlab turibdi. Barcha xududlarda xaridorlarga qulay sharoitli, foydali shartlar asosida paxta tolasini sotadigan terminallar tizimi ham tashkil etilgan. Sifat masalalarida hodimlarning Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatsiyalashtirish ilmiy tekshirish instituti (SMS ITI) da 2006-2007 yillarda “Paxtasanoat Ilmiy markazi” ikki nafar xodimlari tegishli mutaxassislik bo’yicha malakalarini oshirishgan. 2012 yilda viloyatlar tizimidagi korxona mutaxassislari belgilangan rejaga binoan malakalarini oshirdilar. Hamda I-2012-11-A davlat granti loyiha doirasida g’aramlarda saqlanayotgan paxtaning haroratini o’lchash qurilmasini ishlab chiqildi. Ushbu kurilma FAP 00749 patanti bilan himoyalangan , analoglaridan paxta g’aramlarida yengil kiritilishi va kulayligi bilan farqlanadi. Sohada o’lchovlar birligini ta’minlash maqsadida o’lchov asboblarini qiyoslash va tekshirish uchun paxta tolasining fizik-mexanik xususiyatlari bo’yicha, xususan paxta tolasining xalqaro sifat ko’rsatkichi bo’lgan mikroneyr ko’rsatkichi bo’yicha va paxta tolasining nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushining Davlat standart namunalari ishlab chiqildi va “O’zstandart” agentligiga tasdiqlandi.
Рaxta tolasining fizik-mexanik xossali davlat standart namunalari
Tavsiflari | O’z DSN 03.1478:2012 (tip I) | O’z DSN 03.1479:2012 (tip II) | O’z DSN 03.1480:2012 (tip III) | |||
Attestatlangan qiymati | 0,95ishonch ehtimolidagi attestat-langan qiymatning chekka yo’l ko’yiladigan absolyut xatoligi ko’pi bilan | Attestatlangan qiymati | 0,95ishonch ehtimolidagi attestat-langan qiymatning chekka yo’l ko’yiladigan absolyut xatoligi ko’pi bilan | Attestatlangan qiymati | 0,95ishonch ehtimolidagi attestat-langan qiymatning chekka yo’l ko’yiladigan absolyut xatoligi ko’pi bilan | |
Pishib yetilganlik koeffitsinti | 2,12 | 0,02 | 1,70 | 0,03 | 1,49 | 0,01 |
Solishtirma uzilish kuchi, gf/tex | 24,8 | 0,11 | 23,86 | 0,12 | 23,20 | 0,15 |
CHiziqlik zichligi , mtex | 201 | 1,7 | 154 | 1,4 | 134 | 1,3 |
Mikroneyr ko’rsatkichi, mic | 5,37 | 0,07 | 3,57 | 0,07 | 2,78 | 0,07 |
Рaxta tolasining fizik-mexanik xossali davlat standart namunalari
Tavsiflari | O’z DSN 03.1550:2012(tip I) | O’z DSN 03.1528:2012(tip II) | ||
Attestatlangan qiymati | 0,95ishonch ehtimolidagi attestatlangan qiymatning chekka yo’l ko’yiladigan absolyut xatoligi ko’pi bilan | Attestatlangan qiymati | 0,95ishonch ehtimolidagi attestatlangan qiymatning chekka yo’l ko’yiladigan absolyut xatoligi ko’pi bilan | |
Pishib yetilganlik koeffitsinti | 1,94 | 0,01 | 1,70 | 0,02 |
Solishtirma uzilish kuchi, gf/tex | 24,85 | 0,12 | 23,78 | 0,15 |
CHiziqlik zichligi , mtex | 175 | 1,0 | 155 | 1,9 |
Mikroneyr ko’rsatkichi, mic | 4,33 | 0,07 | 3,61 | 0,1 |
Рaxta tolasining nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushining Davlat standart namunalari
Tavsiflari | O’z DSN 03.1548:2012(tip I) | O’z DSN 03.1549:2012(tip II) | ||
Attestatlangan qiymati | 0,95ishonch ehtimolidagi attestatlangan qiymatning chekka yo’l ko’yiladigan absolyut xatoligi ko’pi bilan | Attestatlangan qiymati | 0,95ishonch ehtimolidagi attestatlangan qiymatning chekka yo’l ko’yiladigan absolyut xatoligi ko’pi bilan | |
Nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushining, % | 3,2 | 0,18 | 9,8 | 0,35 |
– O’z DSt 615:2008 Paxta Texnikaviy shartlar. Davlat standartlari talablari bo’yicha paxta xom ashyosini tashqi ko’rinishi namunalarini yangi zamonaviy dizaynga ega bo’lgan progressiv materiallardan ishlangan qutilarda tayyorlanib Respublikadagi barcha tayyorlov maskanlariga jo’natildi.Ushbu tashqi ko’rinishi namunalarni qo’llanilishi paxta xom ashyosini qabul qilishda nav va sinf aniqlashda o’lchov birliklarini taьminlaydi Yangi texnika va texnologiyalar, standartlar va o’lchov vositalarini joriy qilinishi paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotlarining sifatini oshishiga va o’zbek tolasining dunyo bozorida raqobatbardorligini yanada oshishiga imkon beradi.